Xorijga chiqish pasporti: qanday va qayerdan olinadi; to’lovi qancha; qancha muddatda tayyor bo’ladi?

2019-yilning 1-yanvariga xorijga chiquvchilar, xususan, xorijiy mamlakatlarda tahsil oluvchilar ham xorijga vaqtinchalik chiqish uchun stiker olishi kerak edi.

Endilikda ushbu stiker o’rniga xorijga chiqish biometrik pasporti olinadi. Endilikda Oʻzbekiston hududida ikki turdagi pasportlar – ichki va xorijga chiqish pasportlari amal qiladi. Ichki pasport sifatida oʻzbekistonliklar bugungi kunda foydalanayotgan biometrik pasportlar amal qilishadi. Xorijga chiqish pasportlari esa fuqarolar uchun ruxsatnoma yozuvi stikerlarini oʻrnini bosib, 10 yil muddatdga beriladi. Baʼzi fuqarolar xorijga chiqish pasportlarining joriy qilinishidan xavotirga tushib, tegishli boshqarmalar vakillariga turli xil savollar bilan murojaat qilishmoqda. Quyida, koʻp beriladigan savollar va ularga berilgan javoblar bilan tanishishingiz mumkin. 

Xorijga chiqish biometrik pasportlarining koʻrinishi qanaqa boʻladi?

 Xorijga chiqish biometrik pasportlari toʻq qizil rangda tayyorlanib, 48 betga ega boʻladi. Xorijga chiqish biometrik pasportlarining varaqlarida yurtimizning tarixiy va arxitektura yodgorliklari aks etgan. Bundan tashqari, xorijga chiqish pasporti suv belgilari, rangi oʻzgaruvchi boʻyoq, muarli eekt, metallashtirilgan himoyaviy ip, laminatsiyalashtirilgan plyonka hamda pasport qobigʻiga joylashtirilgan elektron chipdan iborat. 

Xorijga chiqish pasportining xorijga vaqtinchalik chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerlaridan afzal tomoni nimada? 

Ruxsatnoma yozuvi stikerlari 2 yillik muddatga berilar edi. Xorijga chiqish pasportlari 10 yil amal qiladi. Xorijga tez-tez chiqadigan fuqarolar uchun bu qoʻshimcha qulaylikdir. Xorijga chiqish pasporti shuningdek xalqaro standartlarga javob beradi. 

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati qanaqa?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvoq, xorijga vaqtinchalik chiqish maqsadida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: ikki nusxada tegishli shakldagi ariza-anketa; biometrik pasport yoki 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi va asli. harbiy guvohnoma yoki harbiy qism roʻyxatida turganlik haqidagi guvohnoma (harbiy xizmatga majburlar uchun); ikkita 3,5×4,5 rasm; oldin taqdim etilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (agar boʻlsa); vakil idoraning huqmi (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olinganda); xorijga chiqish uchun ota-ona yoki vasiylik qiladigan odamning notarial tasdiqlangan ruxsati (voyaga yetmaganlar uchun); hamroh fuqaroning notarial tasdiqlangan majburiyati (voyaga yetmaganlar uchun); davlat bojini toʻlaganlik haqidagi kvitansiya; 15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolar xorijga ota-onalari yoki vasiylarning notarial tasdiqlangan ruxsati bilan hamrohsiz chiqishlari mumkin.

Rasm boʻyicha alohida talablar bormi?

Bosh kiyimda (yuzni biror qismini berkitadigan kiyim unsurlari bilan), rangli linza va koʻzoynaklarda tushilgan rasmlar qaʼbul qilinmaydi. 

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun davlat bojining qiymati qancha?

Xorijga chiqish pasportini olish uchun davlat bojining qiymati eng kam ish haqi (EKIH)ning 120 foizini tashkil etadi. 16 yoshga yetmaganlar xorijga chiqish pasportlarini olish uchun davlat boji EKIHning 80 foiziga teng. Oʻzbekistonda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun, ularning yoshlaridan qatʼiy nazar, davlat boji EKIHning 100 foiziga teng. 

Nima sababdan xorijga chiqish pasportini olish uchun davlat bojining qiymati ruxsatnoma yozuvi stikerlari uchun olingan davlat bojidan yuqori? 

Xorijga chiqish pasportini olish uchun davlat boji EKIHning 120 foiziga teng boʻlib, u 10 yil muddatga beriladi. Ruxsatnoma yozuvi stikerlari uchun davlat boji EKIHning 50 foiziga teng edi, ammo u 2 yil muddatga berilar edi. Ilgari fuqarolar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga 10 yil ichida 5 marotaba murojaat qilishlariga toʻgʻri kelar edi, davlat boji ushbu davr ichida bir necha marotaba oshib, 10 yilda EKIHning 250 foiziga teng boʻlar edi. Xorijga chiqish pasporti qancha muddatda tayyorlanadi? Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kuni davomida tayyorlanadi. 

Xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati qancha? 

Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlari bilan beriladi: tugʻilgan kunidan 1 yoshgacha – 2 yillik muddatga; 1 yoshdan 16 yoshgacha – 5 yillik muddatga; 16 yoshdan katta boʻlgan shaxslarga – 10 yillik muddatga. 

Biometrik pasportdagi ruxsatnoma yozuvi stikerlari bilan xorijga qachongacha chiqish mumkin boʻladi?

Hozirgi pasportlar bilan xorijga 2021-yil 1-yanvar kunigacha chiqish mumkin boʻladi. 2019-yil 1-yanvar kunigacha rasmiylashtirilgan stikerlar, ularda koʻrsatilgan muddatgacha amal qilishadi. 2019-yildan buyon ruxsatnoma yozuvi stikerlari berilmaydi, uzoq xorijga chiqish uchun xorijga chiqish pasportini olish zarur boʻladi. 

Xorijga chiqish istagida boʻlgan qizlar suhbatdan oʻtishlari kerak boʻladimi? 

2018 yilning iyun oyidan 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan qizlar bilan suhbat oʻtkazish tartibi bekor qilindi. Ular xorijga chiqish vizasini umumiy asosda olishadi. 

Manba: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati (https://iibb.uz/uz/news/vse-chto-vyhoteli-znat-o-zagranpasportah)

0 Комментарии

Комментариев нет