Web sayt yaratishni endi boshlayotganlar uchun

Web sayt yaratish uchun nimalarga e'tibor berish kerak, nimadan boshlash kerak, qanday tartibda ishlash kerak, endi <br>boshlayotganlar uchun maslahatlarni o'z fikringizni komentda qoldiringlar.

Assalomu aleykum blogimiz o’quvchilari! Hammamizga malumki, axborot
texnologiyalari yildan-yilga rivojlanib, yanada mukammallashib borayapti. Shuning
uchun, hozirgi paytda odamlarni, o'z web-sayti, web-sahifasi yoki internetda
daromad olish imkoniyati bilan ajablantirish qiyin. Ammo, Yandex va Google
qidiruv tizimlarida tez topiladigan va qiziqarli, web sayt yaratish oson ish emas.Lekin, nima qilish kerak, qanday qilish kerakligini qund bilan o'rgansangiz,
bilsangiz, bundan oson ishning o'zi yo'q. Shu sababli bugun, web sayt yaratish
to'g'risidagi maqolalar seriyasini boshlashga qaror qildim.


Bu maqolalar seriyasida, sayt tuzishni noldan boshlab, toki, targ'ib qilib,
rivojlantirib, daromad olishgacha bo'lgan malumotlarni olishingiz mumkin.


Demak, sayt tuzishni nimadan boshlash kerak?

Eng avvalo, biz sayt yaratish maqsadini aniqlab olishimiz kerak. Sayt shaxsiy
foydalanish uchun kerakmi yoki tovarlar va xizmatlar sotishgami?
Birinchi variant uchun internetdagi bepul dasturlardan foydalanishingiz mumkin.
Ular yordamida, siz, andozalar asosida Web-resurs yaratishingiz mumkin, buning
uchun faqat bir necha daqiqa sarflashingiz kerak bo’ladi.
Ikkinchi variant uchun bir oz harakat qilish va ozgina sarmoya kiritishingiz kerak
bo'ladi. Faqatgina bir nechta maxsus dasturlarni o'rganib chiqib, saytni ro'yxatdan
o'tkazish, to'ldirish va targ'ib qilishni boshlashingiz mumkin.

Sayt yaratishni boshlash uchun 7 muhim qadam
Web-resursni yaratish istagi sizda paydo bo'lgandan so'ng, buning uchun qancha
mablag’ talab etilishini va qanday vositalarni ishlatish mumkinligini bilib olishingiz
shart.
1-qadam. To'g'ri g’oya toping

Web-resurs bazasi, shu jumladan, har qanday masala g'oyaga asoslanadi. U
qanchalik yaxshi va original bo'lsa, biznes yanada foydali va muvaffaqiyatli bo'ladi.
Shuning uchun, tanlovda adashmaslik kerak va boshqalardan ko'ra yaxshiroq yoki,
hech bo'lmaganda, muvaffaqiyatli kontseptsiyani yaratish juda muhimdir.

Maslahat! G’oya, birinchi navbatda, sizga yoqishi va ayni paytda odamlar uchun
qiziqarli bo'lishi kerak. Bunday tandem har qanday muvaffaqiyatli loyihani, shu
jumladan, web-resursni yaratish uchun kuchli asosdir.

2-qadam. Sayt mavzusi va nomini tanlash


Agar foyda keltiradigan loyiha rejalashtirgan bo'lsangiz, u holda uning nomi asosiy
domen maydonlaridan birida paydo bo'lishi kerak. Masalan, .com, .net yoki .org. Bu
qidiruv tizimlarida yuqori o’rinlarni egallashda ancha yordam beradi.

Maslahat! Domenni tanlayotganda, u birinchi navbatda esda qolarli bo'lishi
kerak, ya'ni har bir kishi uni osongina eslab qoladigan bu’lishi kerak. Bu esa,
foydalanuvchiga sizni qidirib topishda qulaylik yaratadi.

Bundan tashqari, sayt yaratishda hostingga e’tibor qaratishingiz kerak. Bu ishning
barqarorligi, interfeysning qulayligi, tanlagan tilingizni qo’llash xizmati,
xizmatlarning narxi va boshqalarni nazarda tutadi.
Agar, hostingni noto’g’ri tanlasangiz, sayt qidiruv tizimlarida umuman topilmasligi
mumkin.

3- qadam. Sayt uchun CMS tanlash


CMS atamasi internetda juda keng tarqalgan. Ammo bu atama nimani anglatadi?
Ba'zilarning aytishicha, bu saytning «mexanizmi» va «yuragi», boshqalar fikricha,
axborotni joylashtirish va tahrir qilish yoki, bo'limlarni yaratish uchun muntazam
vazifalarni samarali hal qilish vositasidir.
Aslida, CMS tushunchasi (inglizcha Content Management System) — kontentni
boshqarish tizimi — sayt mazmunini yaratish, boshqarish va tahrirlash jarayonini
tashkil qilish va ta'minlash uchun foydalaniladigan kompyuter dasturi yoki axborot
tizimidir.

Bugungi kunga kelib, web-resurslarning aksariyati tayyor «mexanizm» asosida
yaratilgan bo'lib, uni noldan o'rnatmaslikka imkon beradi va bunday holatda texnik
xatolar juda kam bo'ladi.
Hozirda, asosan WordPress, Joomla, Drupal CMSlarini ishlatishadi.

4- qadam. Tegishli shablonni tanlash

Internetda sayt ochish uchun tayyor andozalar mavjud. Lekin, ular mustaqil
ravishda ishlab chiqilishi mumkin, bu ularni boshqalardan ajratib turadi va qidiruv
tizimlari tomonidan yaxshiroq qabul qilinadi.
Shu bilan birga, dizaynda ortiqcha narsa bo'lmasligi kerak. Jadvalning ko'pligi
yaxshi, lekin saytning yuklanishini sezilarli darajada sekinlashtiradi. Shuning uchun
asosiy sahifalarning vazni 50-60 kb dan oshmasligi kerak.

Tasvirlar mavzu bilan uyg’un bo’lishi kerak, lekin saytni qidirishda kalit so'zlarni o'z
ichiga olgan matn asosiy rol o'ynaganligi sababli, unchalik katta ahamiyatga ega
emas. Web-resursni loyihalashda haddan tashqari yorqin ranglardan
foydalanishdan voz kechish kerak, chunki bunday tasvirlar, mehmonning ko’zini
charchatadi.

5-qadam. Kontent bilan to'ldirish va kalit so'zlarni tuzish


Internet, birinchi navbatda, axborot almashish uchun ishlatilganligi sababli,
saytning mazmuni har doim hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bu saytga bo’layotgan
tashriflar sonini aniqlab beradigan omil.
Shuning uchun, loyihaning boshidanoq uni sifatli materiallar bilan to'ldirish kerak.
Ko'proq samaradorlik uchun kontent haftada kamida uch marta yangilanishi lozim.
Buning uchun matnlar mustaqil ravishda yozilishi yoki professional kopirayterlarni
yollash mumkin.
Kontent yaratilgach, kalit so'zlarni tuzish vaqti keladi. Ular yordamida bir necha
soniya ichida kerakli saytni topishingiz mumkin.

7-qadam. Saytni reklama qilish


Sayt yaratilgandan so'ng keyingi muhim qadam– saytni reklama qilish usulini
tanlash. Bu ish bilan o'zingiz shug’ullanishingiz yoki, mutaxassis xizmatlaridan
foydalanishingiz mumkin.

CMS platformasini tanlashda siz saytni yaratish maqsadiga tayanishingiz kerak. Har
bir platforma (CMS) muayyan maqsadga mos keladi. Barcha CMS-mehanizmlar 2
turga bo'linadi: pullik va bepul.
Bugungi kunda eng ommabop va bepul CMSlar orasida quyidagilar mavjud:

WordPress;
Joomla;
InstantCms;
Drupal;
OpenCart;

Shubhasiz, saytlar uchun eng mashhur CMS WordPress hisoblanadi. Bundan
tashqari, sayt bilan bog'liq muayyan vazifani hal qilishda sizga yordam beradigan
ko'plab webmasterlar mavjud.
Pullik CMS platformalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1C-Bitrix;
UMI.CMS;
osCommerce
Ushbu platformalarning har biri haqida Internetda batafsil ma’lumot bor. Yoki,
saytimizdan xabardor bo'lib turing, bir ozdan keyin bu platformalar to'g'risidagi
batafsil malumotlarni taqdim etamiz!

Web-saytingizni bepul yaratishda sizga, konstruktor saytlar yordam berishi
mumkin. Ushbu konstruktor saytlardan foydalansangiz, sizga tartiblash, dizayn,
dasturlash va kodni tahrirlashni o'rganishni keragi bo’lmaydi.


Bosqichma-bosqich bepul sayt yaratish

Quyidagi bosqichlar, sayt yaratish uchun ajoyib qo'llanma bo'ladi, chunki ular qaysi
tartibda harakat qilish kerakligini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bu
ma’lumotlardan foydalanib, saytni o’zingiz yoki mutaxassislar jamoasi bilan
birgalikda yaratishingiz mumkin.
1-bosqich. Saytning maqsad va vazifalari
Shunday qilib, siz saytni yaratishga qaror qildingiz va, albatta, undan to'g'ridanto'g'ri yoki, bilvosita foyda olishni xohlaysiz.
Saytning asosiy vazifalari:
Jamoatchilikda inson, kompaniya yoki boshqa tashkilotning ijobiy imidjini
shakllantirish.
Tovarlar yoki xizmatlarni sotish.
Kelgusi tadbirlarni e'lon qilish.
Yangiliklar joylashtirish.
Foydalanuvchiga qaror qabul qilishda yordam berish (masalan, mahsulot
bahosini yoki xususiyatlarini taqqoslash).
Onlayn xizmatlar (elektron pochta, Internet — bank, kalkulyator va h.k.).
2-bosqich. Saytning ko'rinishi va mexanizmi

3-bosqich. Saytni to'ldirish uchun materiallarni tayyorlash
Ikkinchi bosqichni tugatib, tegishli qaror qabul qilib, sayt uchun materiallarni
tayyorlashga kirishishingiz kerak. Saytning mazmuni quyidagilarni o'z ichiga olishi
mumkin: fotosuratlar, videolar, matnlar (pdf va boshqa formatdagi hujjatlar,
kitoblar, referatlar va h.k.), audiolar shuningdek yuklab olish uchun mo'ljallangan
fayllar.
Maslahat! Ma'lum bo'lishicha, saytlarni ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan
mutaxassislarning aksariyati bir global muammoga duch kelishadi: mijozlar saytni to'ldirish uchun yetarli materiallarga ega emaslar. Korporativ identifikator,
logotip, mahsulot fotosurati va kompaniyaning tavsifi yo'q. Shuning uchun
sizlarga bu muammoni oldindan hal qilishni tavsiya etardim.

4-bosqich. Dizayn va prototipni ishlab chiqish
Prototip— web-saytning tuzilishini ifodalovchi grafik tartib.
Prototip yaratish uchun siz avval varoqda sayt elementlarini bloklarga ajratib
beradigan mutaxassisga murojaat qilishingiz kerak va keyin Adobe Photoshopda
prototipning yanada mukammal versiyasini yaratasiz. Endi web-saytingiz tartiblash
bosqichiga to'liq tayyor bo’ldi.
5-bosqich. Tartiblash.
Yuqoridagi bosqichda yaratilgan maketga asoslanib tartiblovchi mutaxassis ishni
boshlaydi. Agar, ehtiyoj mavjud bo'lsa, u ba'zi tahrirlarni amalga oshirishi va yangi
funksiyalarni yaratish uchun qo'shimcha dasturchini jalb qilishi mumkin.
Saytlarni yaratish uchun eng aniq va mashhur dasturlarning ro'yxatini taqdim
etamiz:
Notepade ++;
PhpDesigner;
Adobe Dreamweaver;
Adobe Muse;
Balsamiq Mockups.

6- bosqich. Domen va hosting.
Domen sotib olish — boshqacha qilib aytganda, ro'yxatdan o'tish domen nomini
sotib olishdir. Deyarli barcha ro'yxatga olish kompaniyalari hosting xizmatlariga
ega va foydalanuvchilarga ro'yxatdan o'tishda yordam beradi.

To'g'ridan-to'g'ri ro'yxatga olish uchun pasport ma'lumotlari kerak bo'ladi, chunki
sayt sizga qonuniy ravishda beriladi.

Diqqat! Agar ro'yxatdan o’tish yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilsa, yuridik
shaxsning ma'lumotlarini ko'rsatish kerak bo’ladi.

7- bosqich. Ishga tushirish
Saytni ishga tushirgandan va sozlaganingizdan so'ng, materiallaringizni saytga
joylashtirishingiz mumkin.
Tabriklaymiz! Shu paytdan boshlab web-saytingiz har bir kishi uchun ochiq va siz
nihoyat barcha maqsadlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Xulosa
Aslida, web-saytlarni yaratish va targ'ib qilish haqida barcha ma'lumotlar
internetda mavjud. Lekin, u malumotlarni har joydan va qilinishi kerak bo'lgan
ishlarning ketma ketligi buzilgan holda olishingiz mumkin. Shularni hisobga olgan
holda, barcha malumotlarni bir joyga yig'ish maqsadida, blogimizda «Sayt tuzish»
ruknini ochganmiz. Kerakli barcha malumotlarni shu bo'limdan yoki manabu
maqoladan topishingiz mumkin. Bir qarashda qiyin tuyilgan, sayt yaratish, oxiroqibat nihoyatda tez va qiziqarli bo’lishi va kelajakda, ko'p daromad olib kelishi
aniq.
Agar siz o'qigan barcha maslahatlardan so'ng, saytni yaratish va ishga tushirish
jarayoni hali ham murakkab va amalga oshirilmaydigan deb o’ylasangiz, unda biz,
onlayn maktabimizda sizning qo'lingizdan ushlab natijagacha olib chiqishimiz
mumkin. Buning uchun onlayn maktabimizga kirib ro'yxatdan o'tishingiz kerak
bo'ladi.
Savollar va fikrlaringizni izohlarda kutib qolaman. Blogimizga ,obuna bo’lib, zamon
bilan hamnafas bo’ling!
E’tiboringiz uchun rahmat!

0 Комментарии

Комментариев нет