Treyder nima? Qanday qilib treyderlikni o'rganish yo'llari.

Treyderlar Uchun Qo’llanma: Doimiy Daromad Qiluvchi Treyder Bo’lishning Eng Tez Va Xavfsiz Yo’li

Treyder bo’lishning juda ko’plagan qulayliklari va shu bilan birgalikda o’ziga yarasha mashaqqatlari ham mavjud. Professional treyderlar kata miqdorda daromad olishadi va Foreks boshqa bizneslarda yo’q bo’lgan imkoniyatlaga egadir. Keling, endi o’sha imkoniyatlarni birma bir ko’rib chiqsak.


Ammo, iltimos ushbu maqolani to’liq o’qib chiqmasdan oldin bozorga kirishni xayolingizga ham keltirmang.

1. Foreksda hechkim bilan raqobatlashishingizning keragi yo’q

Yani bu biznesda sizning raqobatchilaringiz umuman bo’lmaydi. Valyuta narxlari ko’tarilib tushib yuraveradi. Agar bozorga qanday qilib o’z vaqtida, o’z joyida kirishni o’rgansangiz boshqa millionlab treyderlar nima qilishmasin, savdo qilishadimi yo’qmi siz baribir foyda olaverasiz. Kuniga qanchalab yangi treyderlar Foreksda savdo qilishni boshlashining sizga umuman farqi yo’q. Oddiy treyderlarni o’z raqobatchingiz deb bilmang. Ularning bu bozorga deyarli hech qanday tasiri yo’q. Chunki narxlar treyderlar tomonidan emas asosiy savdo qatnashchilari tomanidan o’zgartiriladi. Shunday ekan, bu biznesda sizning hechqanday raqobatchingiz yo’q.

Boshqa bizneslarda esa ko’p narsalar haqida boshqotirishingizga to’g’ri keladi. Raqobat esa ularning eng muhimlaridan biridir. Raqobatchilaringizning ichida birinchi o’rinda turishingiz uchun dimo tinmasdan, ulardan ham ko’p, ham yaxshiroq ishlashingiz kerak bo’ladi. Aks holda, daromadingiz kamayadi yoki umuman yo’q bo’ladi. Bazi ayanchli hollarda esa siz eng zo’r bo’lishingiz va maxsulotingiz eng sifatli bo’lsa ham KATTA raqobatchi paydo bo’lib orqangizga bir tepib sizni o’yindan chiqarib yuborishi ham mumkin. Shu holatda dunyoda xar kuni qanchadan qancha bizneslar bankrotlikka uchraydi.

Foreksni o’rganish oson.

2. Qisqa vaqtda o’rganish imkoniyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foreksda savdo qilishni o’rganishga ketadigan vaqt boshqa bizneslarga solishtirganda juda qisqa vaqtni tashkil etadi. Agar to’g’ri joydan, to’g’i yo’lni tanlab boshlasangiz qisqa vaqt davomida doimiy foyda ko’ruvchi Foreks treyderiga aylanishingiz mumkin.

AQShda yiliga 123000 dollar daromad oluvchi o’rtacha tish doxtori bo’lish uchun 20 yildan ko’proq o’qishingiz kerak bo’ladi. O’zimizda ham bu raqamlar unchalik kichik bo’lmasa kerak. Ammo, siz bir yoki uzog’i bilan ikki yil ichida doimiy foyda ko’ruvchi Foreks treyderiga aylanishingiz mumkin. Keyin esa o’zingizning kichkinagina savdo hisobingizni va cheklanmagan oylik daromadingizni ko’paytirishni boshlashingiz mumkin bo’ladi.

3. Tekinga o’rganish imkoniyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Hech qanday pul sarflamasdan turib doimiy foyda ko’ruvchi Foreks treyderiga aylanishingiz ham mumkin. Faqatgina biroz vaqt va energiya sarflashingiz kerak bo’ladi. O’rganib o’lganingizdan keyin kichik miqdordagi haqiyqiy hisob bilan savdoni boshlashingiz mumkin. O’sha kichik hisobingizni sekinlik bilan ko’paytirib borishingiz, bir qancha vaqtdan keyin, masalan pulingizni ikki barobarga oshirganingizdan foydangizning o’zini yechib olishingiz ham mumkin. Keyin qolgan pulingiz bilan savdoni davom ettiraverasiz. Shunda qiyinchilik bilan ishlagan pulingizni tavakkaldan holi qilgan bo’lasiz. Boshqa bizneslar bialn solishtirganda Foreksda savdo boshlashingiz sizga deyarli hech qanchaga tushmaydi.

Boshqa bizneslarda, boshida o’rganish uchun juda ko’p pul va vaqt sarflashingiz mumkin. Undan keyin o’sha biznesingizni yo’lga qo’yishingizga ham anchagina sarflab qo’yasiz. Masalan, mashina kompainiaylarining dillerligini ochishingiz uchun juda ko’plab pul sarflashingizga to’g’ri keladi. Agar buni qila olgan taqdiringizda ham hali u biznesingiz ishlaydimi, siz kutgan daromadni berib xarajatlaringizni qoplaydimi hech kim kafolat bermaydi. Bazida biznesingizni yo’lga qo’yishingiz uchun yillab vaqt talab etilishi, bazi qiyinchilklardan o’tolmasdan yarim yo’lda tashlab ketishingiz ham mumkin.

4. Biznesning kengaya olish qobiliyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Biznesingizni o’rganib, yo’lga qo’yib olganingizdan keyin agar raqobatchilaringiz ko’p bo’lsa biznesingizni rivojlantirish va hattoki o’z holida ushlab turish ham oxiri yo’q tugallanmas Marafonga aylanishi mumkin.

Biznesni saqlab turish marafoni.

Biznesni yo’lga qo’yishda muvaffaqqiyat qozondingiz va deylik o’sha biznesingiz yaxshi ishlayapti ham deylik ammo undan keladigan daromadingiz malum darajagacha chegaralangan yoki osonlikcha, energiya va vaqt sarflamasdan ko’paytirishning iloji yo’q. 20 kishilik restoran har oyda mijozi juda ko’p bo’lsa ham malum miqdordan ortiq daromad keltira olmaydi. Undan ham ko’proq daromadni xoxlasangiz kattaroq joyga ko’chishingiz kerak bo’ladi. Bu esa juda ko’p pulni tavakkal qilishingiz va sarflashingizni talab etadi. Yana yangi biznesingiz ishga tushib ketishigacha bo’lgan davrda tushishi kerak bo’lgan daromaddan ayrilasiz.

Foreks savosida esa juda kichik hisobingizni ham osonlikcha ko’paytirib kattaroq pozitsiyalarga o’tishingiz mumkin bo’ladi. Hech qanday qo’shimcha pulni tavakkal qilmasdan yoki vaqt sarf qilmasdan oydan oyga ko’proq daromad olishingiz mumkin. O’zingiz qilgan foydangiz natijasida hisobingiz ko’payib boraveradi. Yana hech qayerga ko’chishingiz ham shart emas ? .

Yaxshi biznes bu xavf(risk)ni istaganingizcha boshqara oladigan biznesdir.

5. Riskni boshqarish imkoniyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foreks savdosida tavakkal qilayotgan pulingiz miqdorini osonlik bilan boshqarishingiz mumkin. Hisobingizga qo’ygan pulingizdan ko’p pul yo’qata olmasysiz. Shunday ekan, kichik miqdordagi mablag’ bilan ham bemalol boshlayverishingiz mumkin. Har bir savdoingizdagi tavakkalingiz darajasini boshqarishingiz mumkin. Xoxlagan paytingizda savdoni to’xtatib bozordan chiqib ketishingiz ham mumkin. Agar bunday qilaolmasangiz (xar xil sabablar tufayli bo’lishi mumkin) hisobingizdagi mablag’ingizdan ko’pini yo’qota olmaysiz.

Hammasi siznig nazoratingizda bo’ladi.

Boshqa bizneslardachi? 1000 2000 dollar bilan o’rtacha oshxona ham ocha olamaysiz. Buning uchun sizdan anchagina mablag’ talab etiladi. Ko’pincha bir necha oylik ijarani oldindan berib joy olishingizga to’g’ri kelishi mumkin. Yana biznesingiz qachon foyda keltirishni boshlashidan qati nazar kelishilgan birinchi kundan boshlab barcha to’lovlarni to’lshingiz kerak bo’ladi. Agar biznesingiz ishlamasa, unda ham baribir barcha to’lovlarni to’lashiingiz talab etiladi. Aks holda, sizdan boshq to’lashni kutib turganlar qancha :). Elektr, dekoratsiya, mebellar, kanalizatsiya … yana qancha qancha narsalarga to’lshingiz kerak.

Shuncha pulni tavakkal qilganingizdan keyin biznesingiz ishlamasachi?

6. Kam vaqt talab etadi

Foreksda qanday savdo qilishni o’rganib olganingizdan keyin Foreksga kuniga yoki hatto haftasiga 30 minutdan 1 soatgacha vaqt sarflab pul topishingiz mumkin. Bazi treyderlarning har kuni kompyuter oldida bir necha soatlab qolib ketishlarining menga qizig’i yo’g. Bu narsa to’g’ri emas, chunki shaxsan men doimiy daromad qiluvchi day treader yoki scalperlar orasida bundaylarini hech qachon ko’rmaganman.

Foreksda agar ko’proq pul topishni xoxlasangiz kompyuter oldida ko’proq vaqt sarflashingiz shart emas. 10,000 dollar yoki 100,000 dollarlik savdolar qilish deyarli bir xil, bittagina tugmachani bosish bilan amalga oshiriladi. 5000 dollarlik hisobingizni kuniga taxminan 30 minut sarflab 100,000 dollarga oshirishingiz mumkin. Keyina esa o’sha 100,000 ingizni xuddi shu yo’sinda 1,000,000 dollarga aylantirishingiz mumkin. Hech qanday qo’shimcha vaqt talab etilmaydi. Buning ustiga, qancha tajribali va professional bo’lib boravaersangiz shuncha kam vaqt sarflaydigan bo’lsaiz va oladigan foydangiz esa tajribangiz bilan yanada ortib boraveradi: “Professional Treyder Bo’lish”

Ana endi aytingchi Foreks boshqa bizneslarga o’xshaydimikan? Albatta yo’q.

Masalan, kuniga kompyuterda 8 soat sarflab yiliga 200,000 dollar topuvchi yozuvchi agar 300,000 dollar topishni xoxlasa kuniga deylik 12 soat vaqt sarflashi talab qilinadi.

O’zingga o’zing xo’jayin bo’l!

7. Erkinlik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foreks treyderi bo’lsangiz esa o’zingizning xo’jayiningiz o’zingiz bo’lasiz. Xoxlasangiz ishingizni bir necha haftaga yoki oyga to’xtatib turishingiz mumkin. Yiliga faqatgian 6 oy savdo qilib qolgan vaqtini dam olish bilan o’tkazuvchi treyderlarni bilaman. Agar xususiy tadbirkor bo’lmasangiz hech qaysi ishda bunday qila olmaysiz. Chunki ish talablari sizni bunday dam olib yurishingizga yo’l qo’ymaydi. Qilishingiz kerak bo’lgan ko’plab oylik xarajatlar va ishlarinigz bo’ladi. Ammo Foreks savdo biznesingizda esa deyarli hech qanday xarajatlar yo’q. Xoxlagan paytyingizda savdoni to’xtatib hisobingizni tashlab ketishingiz mumkin (hech qanday to’lovlarsiz). Pullaringizni yechib olib, hisobingizni yopib xoxlagan paytingizda yangi hisob ochib savdo qilishni yana davom ettiraverishingiz mumkin.

Yer sharining istalgan joyidan savdo qilishingiz mumkin.

8. Istalgan joydan ishlash imkoniyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foreks savdosi – bu eng qulay onlayn biznes. Yer sharining istalgan joyidan turib Foreksda savdo qilaverishingiz mumkin. Bitta kompyuter (hattoki telefon ham bo’laveradi) bilan internet kerak bo’aldi holos. Professional Foreks treyder sifatida sizning million dollarlik biznesingiz qo’lda ko’tarib yursa bo’ladigan (portable) yani hamyonbop va hamma joyda o’zingiz bilan olib yurishingiz mumkin.

Brokerlarning qanday ishlashi haqida biling.

Biror brokerda hisob ochishingizdan oldin ularning qanday ishlashlari va mijozlarini qanday qilib aldashlari mumkinligi haqida bilishingiz kerak: Foreks Brokerlar Haqidagi Bazi Faktlar va Miflar

Shunga o’xshaydigan yana birorta biznesni bilasizmi? Httoki doktorlar ham o’zlari xoxlagan joylarida tajribalarini oshirib kela olishmaydilar. Boshqa davlatda tajriba oshirishlari uchun avvalo qonuniy ruxsat va bir necha yillar amal qiluvchi sertifikat olishlari kerak bo’ladi.

Bular hozir esimga kelgan Foreksning bazi qulayliklari edi. Haqiyqiy Foreks savdosi bu o’ziga hos betakror xususiy tadbirkorlik bo’lib sizga juda ko’p erkinliklar beradi. Ulardan biri esa moliyaviy erkinlikdir.

Endi esa savol tug’uladi:

  • Foreks savdosi orqali qanday qilib pul topish mumkin?
  • Bu savdo bazilar aytganidek shunchalik osonmi yoki qiyinmi?
  • Eng qisqa vaqtda Foreksda daromad qilishni boshlashning biror yo’li bormi?
  • Doimiy daromad oluvhchi treyder bo’lish uchun qandaydir qo’llanma bormi?
  • Professional treyder bo’lish uchun osonroq yo’l yo’riqlarni berib turadigan xarita bormi?

0 Комментарии

Комментариев нет