inn olish soliqdan / инн олиш соликдан

inn olish soliqdan / инн олиш соликдан

INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?

INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?

Ishga kirganlar yoki kirayotganlardan buxgalteriyadagilar doim so‘raydigan 3 ta hujjat bor. Bular: pasport nusxasi, jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasidan (INPS) nusxa va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR yoki INN) nusxasi.

Ko‘pchilik bunday hujjatlar so‘ralganda qayerdan olsam ekan, deb boshi qotadi. Shuni inobatga olib, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining Telegram-kanalida bu borada amaliy maslahatlarni bergan.

INPS – jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi raqamini aniqlash

Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ining raqamini bilish juda oson. Har bir fuqaroning shaxsiy identifikatsiya raqami (PIN FL) bo‘ladi. Bu raqam pasportlarimizda yozilgan. Va eng muhimi – PIN FL raqami pasportlarni almashtirgan paytingiz ham o‘zgarmaydi.

Mana shu PIN FL raqami ayni paytda Sizning INPS raqamingiz bo‘ladi. Ya’ni jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ingiz raqamini pasportingizga qarab ham bemalol bilib olishingiz mumkin:

Agar mabodo hali Sizda INPS ochilmagan bo‘lsa, unda buni internet orqali ham qilsa bo‘ladi, albatta «Xalq banki» filiallariga borish shart emas. Buni https://my.gov.uz/uz/open-inps/passport manzili orqali amalga oshirish mumkin. Eng muhimi – buning uchun elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

O‘QING: Nafaqaxo‘rlar uchun yangi elektron xizmat joriy qilindi

STIR (INN) – soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini aniqlash

STIR raqamini aniqlash ancha oson. Elektron soliq xizmatlari – my.soliq.uz portalida «STIRingizni aniqlang» degan bo‘lim bor. O‘sha yerda pasport ma’lumotlari va tug‘ilgan yilingizni kiritib, osongina STIRni hujjat ko‘rinishida olish mumkin.

Agar hali Sizga STIR ochilmagan bo‘lsa, unda mana bu havola orqali soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza yuborishingiz mumkin.

Bundan tashqari, STIR raqamingizni bilib olish yoki yangi hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza yuborish ishlarini Telegram’dagi @mysoliqofficialbot rasmiy boti orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Bor gap shu. Zamonaviy texnologiyalar fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida yaratilgan va bundan barchamiz unumli foydalanishimiz kerak.

0 Комментарии

Комментариев нет