Bloombergda dunyodagi eng boy odamlar reytingi

Bloombergda dunyodagi eng boy odamlar reytingi

Alisher Usmonov reytingning 70 o’rinidan joy oldi. Uning boyligi 16,3 mlrd $ga baholanmoqda.

Jeff Bezos
Foto: Forbes

Bloomberg 2019 yilning dunyodagi eng boy 500 nafar milliarderlar ro’yxatini ma’lum qildi.

Birinchi o’rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos egalladi. Uning boyligi 150 milliard $ga baholanmoqda (yil davomida 24 mlrd $dan ortdi).

Ikkinchi o’rinda Microsoft asoschisi Bill Geyts 101 mlrd $ (10,7 mlrd $), uchinchi o’rinda esa Bernar Arno 89 mlrd $ bilan joylashdi.

Alisher Usmonov reytingning 70 o’rinidan joy oldi. Uning boyligi 16,3 mlrd $ga baholanmoqda (yil davomida 2,18 mlrd $ga o’sdi).

500 nafar milliarderlar o’rin olgan reytingning 10 taligi quyidagicha:

Ism Yosh Kompaniya Mamlakat Daromad
(mlrd AQSH dollarida)
Jeff Bezos 55 Amazon AQSH 150
Bill Geyts 63 Microsoft AQSH 101
Bernar Arno 70 LVMH Fransiya 89
Uorren Baffet 88 Berkshire Hathaway AQSH 84,4
Mark Sukerberg 34 Facebook AQSH 66,4
Amansio Ortego 82 Zara Ispaniya 66,2
Larri Ellison 74 Oracle AQSH 58,4
Larri Peyj 45 Google AQSH 58,2
Karlos Slim 79 Grupo Carso Meksika 56,7
Sergey Brin 45 Google AQSH 56,6

 

Ilgari Spot dunyoning eng yosh milliarderi va eng boy ayoli haqida ma’lumot bergan edi.

 
0 Комментарии

Комментариев нет